Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

Mustaqillik bayrami va talabalikning unutilmas ilk qadamlari
Calendar icon

Mustaqillik bayrami va talabalikning unutilmas ilk qadamlari

Mustaqillik bayrami va talabalikning unutilmas ilk qadamlari Qo‘qon davlat universitetida Mustaqillikning 35 yilligi hamda birinchi bosqich talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanmoqda. Qo‘qon davlat universitetida bayrami tantanalari yangi o‘quv yilining boshlanishi va universitetga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi bosqich talabalarini kutib olish tadbirlari bilan uyg‘unlashib ketdi. Universitetning yetti fakultetida bir vaqtning o‘zida hukm surgan bayramona muhit, yangragan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar, samimiy tilaklar va talabalarning quvonchi yangi o‘quv yilining ilk kunini unutilmas lahzalarga aylantirdi.
Qo‘qon davlat universitetida 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Qo‘qon davlat universitetida 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi Qo‘qon davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Mazkur yangi inshootning ishga tushirilishi universitetda talaba-yoshlar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, ularning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi ishlarning muhim davomi bo‘ldi. Talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda oliy ta’lim tizimi mutasaddilari, viloyat va shahar jamoatchiligi vakillari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, hamkor tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Magistrantlarga diplomlar tantanali topshirildi
Calendar icon

Magistrantlarga diplomlar tantanali topshirildi

Magistrantlarga diplomlar tantanali topshirildi Bugun, 15-avgust kuni Turon madaniyat uyida Qo‘qon davlat universiteti magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga magistr darajasi diplomlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. Marosimda ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan magistrantlarning erishgan natijalari, ilmiy izlanishlari va kelgusidagi faoliyati haqida fikrlar bildirildi. Ta’kidlash joizki, 2025/2026-o‘quv yilida Qo‘qon davlat universitetining 31 ta mutaxassisligi bo‘yicha jami 260 nafar magistrant o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladi. Diplom topshirish marosimida universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov ishtirok etib, bitiruvchilarni magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan samimiy muborakbod etdi.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qoʻqon shahridagi yoshlar oʻrtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi
Calendar icon

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qoʻqon shahridagi yoshlar oʻrtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qoʻqon shahridagi yoshlar oʻrtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qoʻqon shahridagi 68 ta mahalla yoshlari oʻrtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi. Qoʻqon davlat universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqalar 20-iyuldan 23-avgustga qadar davom etib, yoshlarning yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda boʻsh vaqtini samarali oʻtkazishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida sportning sakkiz turi — shaxmat va shashka, voleybol, basketbol (3×3), regbi-7, kibersport (FCH 26 va Just Dance), stol tennisi, armrestling hamda yengil atletika boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda. Bellashuvlar orqali yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sogʻlom raqobat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ularni zararli illatlardan asrash hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash koʻzda tutilgan.
Mahalla yoshlari oʻrtasidagi yozgi sport musobaqalariga start berildi
Calendar icon

Mahalla yoshlari oʻrtasidagi yozgi sport musobaqalariga start berildi

Mahalla yoshlari oʻrtasidagi yozgi sport musobaqalariga start berildi Bugun Qoʻqon davlat universiteti tashabbusi bilan Qoʻqon shahridagi 68 ta mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan yozgi sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov hamda Qoʻqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva ishtirok etib, yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga va musobaqalarda faol qatnashishga chorladi. Mazkur musobaqalar doirasida ishtirokchilar shaxmat va shashka, voleybol, basketbol 3x3, armrestling, regbi-7, stol tennisi, yengil atletika hamda kibersport yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashadi. Bellashuvlarda mahalla yoshlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etmoqda. Musobaqalarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarning yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish iborat.
“Rahbar va yoshlar”: takliflar, tashabbuslar va yangi g‘oyalar
Calendar icon

“Rahbar va yoshlar”: takliflar, tashabbuslar va yangi g‘oyalar

“Rahbar va yoshlar”: takliflar, tashabbuslar va yangi g‘oyalar Qoʻqon davlat universitetida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida Aniq fanlar va muhandislik fakultetida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti oʻtkazildi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet dekani Dilshod Aroyev, dekan oʻrinbosarlari hamda talabalar ishtirok etdi. Muloqotdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini oʻrganish, ularning taʼlim olish, ilmiy izlanishlar olib borish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kelgusidagi reja va maqsadlari yuzasidan ochiq suhbat tashkil etishdan iborat boʻldi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritildi. Ahmadjon Husanov o‘z so‘zida bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni ilm-fan, innovatsiyalar, tadbirkorlik va ijodkorlikka keng jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Shuningdek, universitet talabalari ham mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, nafaqat taʼlimda, balki ilmiy loyihalar, startaplar, sport va madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ham faol bo‘lishlari zarurligini qayd etdi. Ochiq muloqot samimiy savol-javoblar ruhida kechdi. Talabalar tomonidan taʼlim jarayonini yanada takomillashtirish, zamonaviy laboratoriyalarni kengaytirish, amaliyot bazalarini rivojlantirish, xorijiy tillarni oʻrganish yuzasidan qator takliflar bildirildi. Har bir murojaat va taklif yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida yoshlarning tashabbuskorligi, yangicha fikrlashi va jamiyat hayotidagi faolligi mamlakat taraqqiyotining muhim omili ekani alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, talabalar oʻrtasida vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, sogʻlom turmush tarzi va yuksak maʼnaviyatni qaror toptirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi. Uchrashuv yakunida faol talabalar tomonidan ilgari surilgan qator tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Talabalar bunday ochiq muloqotlar rahbariyat va yoshlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarni oʻz vaqtida hal etish hamda yangi gʻoyalarni roʻyobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar. “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti yoshlarning universitet hayotidagi faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, kelajakda yetuk mutaxassis hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan barkamol avlodni tarbiyalash yoʻlidagi muhim muloqot maydoniga aylandi.

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.