Fakultet haqida
Yuksak sifatli ta'lim
Zamonaviy yondashuv
Ilmiy-tadqiqot
Innovatsion loyihalar
Amaliy yo'naltirish
Bilimni amaliyotga
Xalqaro hamkorlik
Global tajriba
Fakultet missiyasi
Aniq fanlar va muhandislik fakultetining missiyasi — zamonaviy ilm-fan, muhandislik va raqamli texnologiyalar asosida yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda jamiyat va sanoat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Ta'lim yo'nalishlari
1. 60540200 — Amaliy matematika
2. 60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari
3. 60710500 — Elektr muhandisligi
4. 60710700 — Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (elektr mashinasozlik)
5. 60712000 — Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi
6. 60711200 — Elektronika va asbobsozlik
7. 60711200 — Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida)
8. 60710400 — Energetika muhandisligi
9. 60721500 — Geodeziya va geoinformatika
10. 60722500 — Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
11. 60721700 — Kadastr
12. 60710100 — Kimyo muhandisligi
13. 60710100 — Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)
14. 60540100 — Matematika
15. 60110600 — Matematika va informatika
16. 60720300 — Materialshunoslik
17. 60720600 — Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
18. 60610500 — Sun’iy intellekt
19. 60710900 — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
20. 60711400 — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
21. 60720400 — Texnologik mashinalar va jihozlar (Mashinasozlik va metallga ishlov berish bo‘yicha)
22. 60720700 — Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish)
23. 60711400 — Transport vositalari muhandisligi (Avtomobil transporti bo‘yicha)
24. 60712500 — Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)
25. 60721200 — Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi
26. 60720700 — Yengil sanoat muhandisligi
Rahbariyat
Aroyev Dilshod Davronovich
DekanBiografiya va ilmiy faoliyat
Ibragimov Farxod Bazarbayevich
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Exsonov Jasurbek Rustamovich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Qabul jadvali
Fakultet rahbariyati har chorshanba kuni soat 14:00 - 16:00 oralig'ida qabul o'tkazadi.
Kafedralar
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kafedrasi
Yutuqlarimiz
Aniq fanlar va muhandislik fakultetida iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida talabalar respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlov va olimpiadalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Jumladan, fakultet talabalari orasidan:
- 1 nafar Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;
- 4 nafar Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;
- 2 nafar Abu Ali ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;
- 10 nafar «Mirzo Ulug‘bek vorislari» respublika bosqichi g‘olibi;
- 3 nafar xalqaro olimpiada g‘olibi;
- 2 nafar «Mirzo Ulug‘bek vorislari» o‘quv kursi bitiruvchisi yetishib chiqqan.
Mazkur natijalar fakultetda ta’lim sifati izchil oshib borayotganini, ilmiy salohiyat mustahkamlanayotganini hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash samarali yo‘lga qo‘yilganini yaqqol namoyon etadi.
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti nafaqat ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarida, balki moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasida ham sezilarli natijalarga erishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayoni 3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon davlat universitetida qator muhim amaliy ishlar amalga oshirildi.
Talabalar hayoti
Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi.