Biologiya kafedirasi

Kafedra haqida

Biologiya kafedirasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Kafedra missiyasi — biologiya sohasida zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlar asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda ta’lim va fan integratsiyasini mustahkamlash orqali jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishdan iborat.


Fakultet

Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti

Kafedra mudiri

Madumarov Maqsajon Jumanovich

Kafedra tarixi

Kafedra 1980-yilda “Umumiy biologiya” nomi bilan tashkil etilgan. 1992-yilda institut qoshida yangi kimyo-biologiya mutaxassisligi ochilib, ilk bor talabalar qabul qilingan. 1993-yilda Umumiy biologiya kafedrasidan Kimyo kafedrasi mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqqan. Umumiy biologiya kafedrasiga birinchi kafedra mudiri sifatida biologiya fanlari nomzodi, dotsent Erkinjon Toshpo‘latov rahbarlik qilgan.


Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilishgan: 1988–1994-yillar — b.f.n. Sobirjon Meliboyev; 1994–1997-yillar — b.f.n. Murodjon Namozov; 1997–1998-yillar — b.f.n., dotsent G‘ayratjon Xolmuxammedov; 1998–2001-yillar — q/x.f.n., dotsent Ibragim Yusupov; 2001–2004-yillar — b.f.n., dotsent Sobirjon Meliboyev; 2004–2010-yillar — q/x.f.n., dotsent Saminjon Usmonov; 2011–2012-yillar — katta o‘qituvchi Abduvohid Ma’murov; 2012-yil — b.f.n., dotsent Azamjon Jabborov; 2012–2015-yillar — b.f.n., dotsent Ra’noxon Mo‘minova; 2015–2021-yillar — k.f.n., dotsent Abdulatif Gapparov; 2021–2022-yillar — p.f.f.d. (PhD) Mashhuraxon Isaboeva. 2022-yil aprel oyidan boshlab biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Maqsadjon Madumarov Jumanovich kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra missiyasi

Kafedra missiyasi — biologiya sohasida zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlar asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda ta’lim va fan integratsiyasini mustahkamlash orqali jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishdan iborat.


Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Kafedrada 19 nafar ilmiy darajaga ega xodim (shundan 12 nafari dotsent), 5 nafar katta o‘qituvchi hamda 9 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. 2014-yil mart oyidan kafedra “Biologiya o‘qitish metodikasi”, 2020-yil sentyabr oyidan esa “Biologiya” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.


Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari va magistrantlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufidagi turli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.


Kafedrada olib borilgan o‘quv-uslubiy ishlar natijasida 20 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar hamda darsliklar nashr etilgan. Jumladan, so‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta darslik va 20 ta o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashi grifi asosida chop etilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.


Hozirgi kunda kafedra qoshida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

• 60510100 – Biologiya (bakalavriat)

• 70510901 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Biologiya) (magistratura)

• 03.00.06 – Zoologiya (doktorantura)