Kafedra haqida
Kimyo va ekologiya kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Kimyo va ekologiya kafedrasi missiyasi — zamonaviy bilim, innovatsion yondashuv va ilmiy tadqiqotlar asosida raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, kimyo va ekologiya sohalarida ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish hamda jamiyatning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.
Fakultet
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti
Kafedra mudiri
Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich
Kafedra mudiri
Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich 1984-yil 7-yanvarda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, 2005-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqichini, 2007-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — kimyo. Kimyo fanlari nomzodi, professor ilmiy unvoniga ega. Rus tilini biladi.
Mehnat faoliyatini 2007-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Kimyo kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. 2008–2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullangan. Xususan, kimyoviy texnologiya jarayonlari va uskunalari laboratoriyasida tadqiqotchi, shuningdek, kolloid kimyo laboratoriyasida stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi sifatida faoliyat olib borgan.
2012-yildan boshlab Qo‘qon davlat pedagogika institutida pedagogik faoliyatini davom ettirib, kimyo kafedrasida o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi hamda kafedra mudiri lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2015–2016-yillarda Tabiiy fanlar fakultetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari vazifasida ham ishlagan.
2020–2025-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Kimyo kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2025-yil 2-apreldan boshlab esa Qo‘qon davlat universiteti Kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida kimyo fanini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Kafedra tarixi
Qo‘qon davlat universiteti Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi 1991-yilda dastlab Matematika-fizika fakulteti tarkibidagi biologiya kafedrasining kimyo bo‘limi sifatida tashkil etilgan. 1994-yilda esa Kimyo kafedrasi biologiya kafedrasidan ajralib chiqib, mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshlagan. Mazkur o‘zgarish kafedraning o‘ziga xos ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarga ixtisoslashishiga imkon yaratib, kimyo fanining alohida ta’lim sohasi sifatida rivojlanishiga xizmat qildi.
Kafedraga 1994–1995-yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi I.T. Mahmudov rahbarlik qilgan. 1994–1995-o‘quv yilida kimyo yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 48 nafar talaba ilk bitiruvchilar sifatida universitetni tamomlagan. Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilganlar:
- 1995–1996-yillarda biologiya fanlari nomzodi G‘. Xolmuhammedov;
- 1997–1998-yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent V.U. Xo‘jayev;
- 1998–2003-yillarda kimyo fanlari nomzodi M.S. Maqsudov;
- 2003–2005-yillarda kimyo fanlari nomzodi I. Jalolov;
- 2005–2006-yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent M.Yu. Isaqov;
- 2006–2013-yillarda kimyo fanlari doktori V.U. Xo‘jayev;
- 2013–2016-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent I.I. Qo‘qonboyev.
2017-yil yanvar oyidan boshlab kafedraga kimyo fanlari doktori, professor Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar fan doktori, professor hamda 17 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD), dotsentlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedra o‘z faoliyati davomida turli nomlar ostida faoliyat yuritgan. Jumladan, 2014–2020-yillarda “Kimyo o‘qitish metodikasi”, 2020–2025-yillarda “Kimyo” nomi bilan faoliyat olib borgan bo‘lsa, 2025-yil sentyabr oyidan boshlab “Kimyo va ekologiya” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra missiyasi
Kimyo va ekologiya kafedrasi missiyasi — zamonaviy bilim, innovatsion yondashuv va ilmiy tadqiqotlar asosida raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, kimyo va ekologiya sohalarida ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish hamda jamiyatning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Kafedrada olib borilgan o‘quv-uslubiy ishlar natijasida 40 dan ortiq turli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar nashr etilgan. Jumladan, so‘nggi besh yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 15 ta darslik hamda 27 ta o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash grifi asosida nashr ettirilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.
Iqtidorli talabalar bilan olib borilgan samarali faoliyat natijasida 5 nafar “Ulug‘bek”, 1 nafar “Beruniy”, 4 nafar “Navoiy” hamda 1 nafar “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasi sohiblari yetishib chiqqan.
Iqtidorli talabalar respublika miqyosida o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Xususan, so‘nggi ikki o‘quv yilida iqtidorli talabalar orasidan 2 nafari birinchi o‘rin, 1 nafari esa uchinchi o‘rin g‘olibi bo‘lgan.
Hozirgi kunda kafedra qoshida 60110800 — Kimyo bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 70110801 — Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) magistratura mutaxassisligi, shuningdek, 02.00.09 — Tovar kimyosi, 02.00.10 — Bioorganik kimyo hamda 02.00.11 — Kolloid va membrana kimyosi ixtisosliklari bo‘yicha doktorantura faoliyat yuritmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 27-dekabrdagi 1358-sonli qaroriga muvofiq, Qo‘qon davlat universiteti huzurida kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.K/T.34.03 raqamli ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda.
Kimyo va ekologiya kafedrasi o‘z faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasidagi Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, Qirg‘iziston Respublikasidagi O‘sh davlat universiteti va O‘sh davlat pedagogika universiteti, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi Qozon federal universiteti hamda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetlari bilan hamkorlik aloqalari faol rivojlantirilmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari yuqorida qayd etilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muntazam ravishda stajirovkalar o‘tamoqda. Bu esa ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik hamda ilmiy tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, mazkur hamkorlik kafedra jamoasining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oshirish va ta’lim jarayonini zamonaviy standartlar asosida yuqori sifatda tashkil etishga keng imkon yaratmoqda.