Orqaga
Calendar icon

Dissertatsiya muhokamasi oʻtkaziladi

2026-yil 25-iyun kuni “Elektr texnologiyalar” kafedrasining kengaytirilgan kafedralararo ilmiy seminarida quyidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tadi:

Manzil: 7-bino, 205-xona

Soat 14:00 da mustaqil izlanuvchi D.I. Abdunabiyevning “Ipak qurti urug‘ini jonlantirish va parvarishlash jarayonida elektrotexnologik usulni asoslash” mavzusidagi 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi o‘tkaziladi.

Soat 15:00 da mustaqil izlanuvchi X.R. Otaxonovning “Makkajo‘xori yetishtirishda ‘urug‘–tuproq–o‘simlik’ majmuasiga kompleks va bosqichli elektr ishlov berishga asoslangan agroelektrotexnologiyani asoslash” mavzusidagi 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.