Orqaga
Calendar icon

KASBIY (IJODIY) IMTIHON TOPSHIRUVCHI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha Qo‘qon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun imtihonlar jadvallari e’lon qilindi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon jadvallari bilan tanishish.

Muhim eslatmalar:

🔹 Imtihonda ishtirok etish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) platformasi (http://my.uzbmb.uz) orqali ruxsatnoma olishingiz shart. Ruxsatnomada sizning guruhingiz va imtihon vaqtingiz ko‘rsatilgan bo‘ladi.

🔹 Imtihon topshirishdan oldin e’lon qilingan imtihon manzillari (lokatsiyalar) bilan oldindan tanishib chiqing.

🔹 Imtihonga pasport (ID karta) va BMBA tomonidan berilgan ruxsatnoma bilan kelishingiz lozim.

🔹 Imtihon kuni belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin imtihon o‘tkaziladigan hududga yetib kelishingiz tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazga murojaat qiling: +998732493838