Ta'lim jarayonining metodik ta'minoti, dasturlar va o'quv rejalarini ishlab chiqish
O'quv-metodik ta'minot bo'limi boshlig'i
Qabul kunlari:
Dushanba - Juma
09:00 - 17:00
Telefon:
+998 (91) 150-00-25
Elektron pochta:
bunyodjonazamov343@gmail.com
Manzil:
Turon ko'chasi, 23.
O‘quv-metodik ta’minot bo‘limining asosiy maqsadi — universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘quv jarayonini yuqori sifatli o‘quv va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash, davlat ta’lim standartlariga mos o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik malakasini oshirish hamda o‘quv-uslubiy jarayon samaradorligini muntazam nazorat qilish orqali ta’lim sifatini oshirish.
Top 300 OTT dasturlari asosida 300dan ortiq fan dasturlari tayyorlandi.
130 ta darslik va o'quv qo'llanmalari uchun nashr ruxsatnomalari olindi.
53 ta kunduzgi, 8 ta masofaviy, 4 ta kechki bakalavr o'quv rejalari tayyorlandi.
34 ta magistratura mutaxasisliklar o'quv rejalari tayyorlandi.
O‘quv rejalari, fan dasturlari va sillabuslarning davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash va ularni doimiy ravishda yangilash.
Fakultet va kafedralarning o‘quv va uslubiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, ta’minlanganlik holatini tahlil qilish va tegishli takliflar tayyorlash.
Universitetda o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish.
Taʼlim dasturlarini yagona bazasini shakllantirish va doimiy ravishda takomillashtirib borish.
O‘quv va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, chop etish va joriy etish ishlarini rejalashtirish hamda bajarilishini nazorat qilish.
Fakultet va kafedralar o‘quv-uslubiy kengashlari rahbarlari uchun seminarlar tashkil etish, ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishlarini reja asosida tayyorlash.
Professor-o‘qituvchilarning kasbiy, pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish rejasini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish.
Fakultet dekanatlari va kafedralardagi o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishini nazorat qilish.
Bitiruv malakaviy ishlari mavzularini biriktirish, attestatsiya jarayonlarini tahlil qilish va tegishli hisobotlarni tayyorlash.
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini rejalashtirish va bajarilishini, soatbay ishlovchi o‘qituvchilarning mehnat normativlarini belgilash va nazorat qilish.
Davlat attestatsiyasi jarayonlari, imtihonlar va baholash ishlari bo‘yicha hisobot va moliyaviy hisob-kitoblarni tayyorlash.
O‘quv jarayonini sifat nazorati hay’ati orqali baholash, yosh pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari, hay’at qarorlari va buyruqlari loyihalarini tayyorlash va ijrosini ta’minlash.
Jismoniy va yuridik shaxslarning o‘quv-uslubiy jarayonga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularga javob tayyorlash.
O‘quv-uslubiy jarayon bo‘yicha prorektor va boshqarma boshlig‘i topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish.
Har qanday savol yoki taklifingiz bo'lsa, quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz mumkin: