Oliy ta'lim bitiruvchilari uchun ishga joylashish dasturi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq oliy ta'lim bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish dasturi
Barcha oliy ta'lim tashkilotlari dastur ishtirokchilari sifatida belgilangan bo'lib, talabalarning bandligini ta'minlash va mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqida keng axborot berish maqsadida tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan "Kelajakka qadam" dasturining maqsad va vazifalari
Talabalarning bandligini ta'minlash, bitiruvchilar o'rtasida mehnat bozori imkoniyatlari haqida keng axborot berish va oliy ta'lim tashkilotlari bilan "Kelajakka qadam" markazi o'rtasida samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish.
Dastur faoliyati haqida talabalarni keng xabardor qilish, tizimli targ'ib qilish va bitiruvchi talabalarni faol jalb etish, shuningdek kasbiy anraliyot tanlovlari va yarmarkalar haqida e'lonlarni tarqatish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi "Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-61-son qaroriga muvofiq "Kelajakka qadam" dasturini amalga oshirish belgilangan.
Barcha oliy ta'lim tashkilotlari dastur ishtirokchilari sifatida belgilangan bo'lib, talabalarning bandligini ta'minlash, bitiruvchilar o'rtasida mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqida keng axborot berish maqsadida "Kelajakka qadam" markazi bilan hamkorlik kelishuvlari imzolangan.
Dastur haqida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar
Dastur barcha oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari va talabalari uchun mo'ljallangan. Ayniqsa, ish topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoki o'z kasbiy yo'nalishini tanlashda yordamga muhtoj bo'lgan yoshlar uchun.
Dastur orqali ish topish, kasbiy yo'nalish tanlash, trening va seminarlarda qatnashish, mentorlik xizmatlaridan foydalanish, korxona va tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etish kabi imkoniyatlar mavjud.
Dasturda O'zbekistonning yetakchi korxona va tashkilotlari, xususiy va davlat kompaniyalari, shuningdek xorijiy investitsiya loyihalari ham ishtirok etadi. Barcha hamkorlarimiz ro'yxati rasmiy veb-saytimizda mavjud.
QR kodni skanerlab, dasturimizning rasmiy sahifalariga tez va oson kirishingiz mumkin
QR kodni skanerlab, "Kelajakka qadam" dasturining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari sahifalariga o'ting
Mazkur sahifalarda dastur maqsad va vazifalari, kasbiy anraliyot tanlovlari va yarmarkalar haqida e'lonlar kabi ma'lumotlar yoritib boriladi.
QR kod skaner ilovasidan foydalaning
Bizning sahifalarimizga o'ting
Doimiy yangilanishlar
Ijtimoiy tarmoqlar
Dasturimizning rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga obuna bo'lib, eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram
Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlar
Instagram
Tasvirlar va videolar
Facebook
Tadbirlar va uchrashuvlar
YouTube
Treninglar va seminarlar
Har doim yangiliklar bilan
Oliy ta'lim muassasalari tomonidan mazkur ma'lumotlarning o'z veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarida doimiy ravishda yangilanib borilishi, talabalar hamda keng jamoatchilik orasida "Kelajakka qadam" dasturi haqida xabardorlik darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.