Talabalar malakaviy amaliyotlarning barcha turlarini tashkil etish
Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i
Qabul kunlari:
Dushanba - Juma
09:00 - 17:00
Telefon:
+998 (91) 695-88-82
Elektron pochta:
dx0782@gmail.ru
Manzil:
Turon ko'chasi, 23.
Talabalar amaliyoti bo‘limining asosiy maqsadi – talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ishlab chiqarish va tashkilotlarda amaliy tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek amaliyot jarayonini samarali rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish orqali bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlashdan iborat.
Barcha operatsion tizimlarda ishlovchi platforma ishlab chiqildi.
Platforma orqali talabalar amaliyotini nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi.
Yuz tanib olish texnologiyasi orqali talabaning amaliyotda qatnashishi ta’minlandi.
Platforma yordamida talabaning amaliyot hududida ekanligi tekshirilmoqda.
Malakaviy amaliyotlarning barcha turlarini fakultet va kafedralarda rejalashtirish va tashkil etish ishlarini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish.
O‘quv yili davomida talabalar uchun o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlar grafigini ishlab chiqish.
Malakaviy amaliyotlarni malaka talablarida nazarda tutilgan talab va me’yorlarga muvofiqligini aniqlash.
Har qanday savol yoki taklifingiz bo'lsa, quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz mumkin: