Orqaga
Calendar icon

Qo‘qonDU talabalari gipsokarton ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Yurtimizda oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, talabalarni amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitish, shuningdek, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda Qo‘qon davlat universiteti Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti talabalari uchun navbatdagi amaliy tanishtuv safari tashkil etildi.

Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakultetining 16 nafar talabasi Qo‘qon shaharidagi Iqtisodiy zonada joylashgan gipsokarton zavodiga safari qildi. Tadbirning maqsadi — talabalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Safar Rishton tumaniga tashrif bilan boshlandi. Talabalar mashhur kulolchilik maktabi vakillari ishtirokida loy tayyorlash, shakl berish, sir (angob) ishlari va pishirish bosqichlari bilan tanishdilar. Mazkur tanishuv xalq amaliy san’ati namunalarida moddiy tarkib, issiqlik jarayonlari va fizik-kimyoviy o‘zgarishlarning amaliy ko‘rinishini tushunishga xizmat qildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar gipsokarton zavodiga tashrif buyurdilar. Korxona mutaxassislari tomonidan bo‘yicha bosqichma-bosqich taqdimot o‘tkazildi. Talabalar korxonada joriy etilgan raqamli monitoring, energiya tejamkor uskunalar va chiqindilarni minimallashtirishga qaratilgan ekologik yechimlar bilan ham tanishdilar.

Ushbu tashrif talabalarning nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish muhiti bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, mahalliy korxonalarda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qildi.