Orqaga
Calendar icon

Ikkinchi oliy taʼlimga qabul imtihonlari oʻtkazildi

Mazkur imtihonlarda kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha Amaliy matematika, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Boshlang‘ich taʼlim, Maxsus pedagogika (logopediya), Ona tili va adabiyoti (rus tili) yoʻnalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar ishtirok etdilar.

Imtihonlar belgilangan tartibda, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Jarayonni kuzatish va nazorat qilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi faol ishtirok etdi hamda imtihonlarning qonuniy, adolatli va shaffof oʻtishini taʼminladi.

Maʼlumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot olish imkoniyati abituriyentlarga qoʻshimcha kasbiy malaka va yangi soha boʻyicha chuqur bilim olishga xizmat qiladi. Qoʻqon davlat universitetida bu yoʻnalish boʻyicha taʼlim jarayoni toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.