Orqaga
Calendar icon

“Biz yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz” — yoshlar bilan ochiq muloqot

Qo‘qon davlat universitetida “Biz yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani o‘rinbosari D. Raxmatullayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda yig‘ilganlarga davra suhbatining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida faol talabalar o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, boks bo‘yicha Yevroosiyo turniri g‘olibi M. Alijonov, “Zakovat” intellektual o‘yini respublika bosqichi sovrindori G. Nosirova, hamda “Yil tarbiyachisi – 2025” respublika tanlovi sovrindori D. Shavkatova so‘zga chiqib, o‘z tajribalarini yig‘ilganlar bilan bo‘lishdilar.

Shuningdek, universitet profilaktika inspektorlari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari va tyutorlar ham ishtirok etib, yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘z tavsiya va fikr-mulohazalarini bildirdilar.