Orqaga
Calendar icon

“Xon atlas” oyligi — ilhomli chiqishlar va milliy qadriyatlar aks-sadosi

Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida “Xon atlas” oyligi doirasida “Milliy libos – milliy g‘urur” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, fakultet talabalari hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning estetik dunyoqarashini shakllantirish va milliy liboslarimizning tarixiy hamda ma’naviy ahamiyatini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida o‘zbek xalqining qadimiy an’analari, milliy liboslarning betakror go‘zalligi, ular orqali xalqimizning ma’naviy boyligi va madaniy merosi yoritib berildi. Fakultet talabalari turfa xil milliy liboslarda chiqish qilib, milliy kiyimlarning o‘ziga xosliklari hamda ularning xalq hayotidagi o‘rni haqida ta’sirchan namoyish o‘tkazdilar.

Tadbir yakunida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish hamda yoshlarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, bunday ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslar universitet talabalari uchun nafaqat estetik tarbiya manbai, balki milliy o‘zlikni anglash va uni qadrlashga xizmat qilishi qayd etildi.