Orqaga
Calendar icon

Universitetda sovrinli musobaqalar start oldi

1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Qo‘qon davlat universitetida Kasaba uyushmasi, Sport klubi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida sovrinli sport musobaqalariga start berildi.

Musobaqalar sportning voleybol, darts, mini-futbol va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dastlabki kunda mini-futbol bellashuvlari o‘tkazilib, uchrashuvlar yuqori kayfiyat va qizg‘in raqobat muhitida o‘tdi.

Mazkur musobaqalar universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ustoz va murabbiylar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Universitet jamoasi barcha ishtirokchilarga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilaydi.