Universitetda fakultet Yoshlar akademiyasi liderlari tayinlandi
Bugun Qo‘qon davlat universitetida Yoshlar akademiyasi faoliyatini tashkil etish, fakultet liderlarini tayinlash hamda startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh. Pulatov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi mutaxassislari hamda universitet Yoshlar akademiyasi lideri Javlonbek Abduvaliyev ishtirok etib, talabalarga akademiya faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, Fakultet Yoshlar akademiyasi liderlarini saylash yuzasidan bayonnomalar e’lon qilinib, quyidagi talabalar fakultetlarning Yoshlar akademiyasi lideri etib tayinlandi:
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti – G‘ofurov Saidkamol Zokirjon o‘g‘li, fizika va astronomiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti.
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti – Bobonazarov Azizjon Komiljon o‘g‘li, “Matematika va informatika” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.
Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakulteti – Nosirova Gulsanam Rahimjon qizi, texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti – Sobitova Robiyaxon Salohiddin qizi, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
Xorijiy filologiya fakulteti – Xoshimov Muhammadiso Baxodir o‘g‘li, xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 406-guruh talabasi.
Pedagogika va psixologiya fakulteti – Usmonjonova Saodatxon Mirzahamdamovna, maxsus pedagogika: oligofrenopedagogika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.
San’at va sport fakulteti – Alijonov Muhammadrizo Xurshid o‘g‘li, “Sport faoliyati: boks” mutaxassisligi 1-bosqich talabasi.
Uchrashuv davomida Yoshlar akademiyasi talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanish va startap loyihalarini rivojlantirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.