Orqaga
Calendar icon

Xotin-qizlar o‘rtasida voleybol va darts musobaqalari o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universitetida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sport musobaqalari davom etmoqda.

1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Qo‘qon davlat universitetida Kasaba uyushmasi, Sport klubi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida sovrinli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqalar doirasida turli sport turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Bugungi dastur doirasida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol va darts musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Voleybol bahslarida Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi birinchi o‘rinni, Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakulteti jamoasi ikkinchi o‘rinni, Sanʼat va sport fakulteti jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalar jarayonida ishtirokchilar sport orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etdilar. Bellashuv yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.