Qoʻqon DU “Registrator ofisi” faoliyati tajriba sifatida oʻrganilmoqda
Namangan davlat pedagogika instituti “Registrator ofisi” xodimlari Qo‘qon davlat universiteti “Registrator ofisi” faoliyati bilan tanishdi.
Institutning “Registrator ofisi” boshlig‘i, bo‘lim boshliqlari va menejerlari universitetning mazkur bo‘limiga tashrif buyurib, uning kundalik faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot olishdi. Tashrif davomida ikki oliygoh vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvlarga erishdilar.
Hamkorlik doirasida Qo‘qon davlat universiteti “Registrator ofisi”ning Xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamda Ma’lumotlar bazasi bo‘limida olib borilayotgan ishlar haqida taqdimot qilindi. Mehmonlar ko‘rsatilgan samimiy qabul va o‘zaro foydali hamkorlik uchun universitet rahbariyatiga hamda “Registrator ofisi” jamoasiga minnatdorchilik izhor etdilar.