Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida talaba-qizlar faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universitetida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” hamda “Qizlarjon” va “Lider qizlar” jamoalari tashkil etilishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir — “Qizlarjon” klubining 1-sonli yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilish doirasida “Lider qizlar” jamoasi bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitetning iqtidorli va faol talaba-qizlari ishtirok etdilar.

Tadbirda universitet birinchi prorektori Ahmadjon Xusanov “Jamiyatda ayolning o‘rni” mavzusida, shuningdek, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Barnoxon Xasanova “Qizlarjon” va “Lider qizlar” akademiyasining yoshlar hayotidagi o‘rni” mavzusida ma’ruza qildilar.

Yig‘ilish yakunida klub raislari saylovi o‘tkazildi. Natijada Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakulteti 1-bosqich talabasi Dinoraxon Erkinova universitet “Qizlarjon” klubi raisi, Pedagogika-psixologiya fakulteti logopediya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Madina Salohiddinova esa “Lider qizlar” akademiyasi raisi etib saylandi.