Talabalar turar joyida “Ustozlarga ehtirom” tadbiri o‘tkazildi
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qo‘qon davlat universiteti 1-talabalar turar joyida “Ustozlarga ehtirom” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i A. Mahmujonov, dekan o‘rinbosari D. Rahmatullayeva, tarbiyachi-pedagog D. Mamatxojiyeva, talaba-yoshlarning faol ishtirokida o‘tkazildi.
So‘zga chiqqanlar ustozlarning jamiyat va ta’lim tizimidagi muhim o‘rniga to‘xtalib, yosh avlod tarbiyasidagi ulkan hissalari uchun o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirdi hamda talabalarni ustozlarga ehtirom bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
Bayram dasturi jonli ijrolar bilan boyitildi: talabalar tomonidan yakkaxon qo‘shiqlar, guruh-raqslari va sahna ko‘rinishlari taqdim etildi. Ijrochilar orasida turli fakultet vakillari ishtirok etib, musiqiy va sahna chiqishlari bilan mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘qituvchilar uchun samimiy tilaklar bildirib, ularni olqishlar bilan qutladilar.
Tadbir iliq muhitda o‘tdi, tashkilotchilar va ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik va minnatdorlik ruhida fikr almashdilar. Ma’naviy-madaniy tadbirning asosiy maqsadi — ustoz-shogird munosabatlarini yanada mustahkamlash, talaba-yoshlar orasida hurmat va odob madaniyatini rivojlantirish ekani qayd etildi.