“Kelajakka qadam” loyihasi: talabalar va mutaxassis uchrashuvi
Pedagogika va psixologiya fakultetida bitiruvchi bosqich talabalari uchun istiqbolli reja va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida o‘tkazilib, unda “Oʻz Milliy bank” AJ Qo‘qon BXM “Kelajakka qadam” markazi menejeri Asadullo Qo‘chqorov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘z g‘oya va tashabbuslarini taqdim etishdi, shuningdek, ularni amaliyotga tatbiq etish, bank tizimidagi imkoniyatlar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.
Tadbir bitiruvchi yoshlarni kelajak faoliyatiga puxta tayyorlash hamda ularning innovatsion fikrlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.