“Masʼuliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi
Qoʻqon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” yoʻnalishida ishlab chiqilgan maxsus dastur doirasida “Masʼuliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbirda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi Barnoxon Xasanova, universitet psixologlari, ichki ishlar boʻlimi inspektori, fakultet dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarga oilaviy hayotning psixologik va ijtimoiy jihatlari, masʼuliyatli ota-onalikning zamonaviy talablari, oʻzaro hurmat, mehr-muhabbat va sabr-toqat kabi qadriyatlarning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir soʻngida talabalarga oilaviy munosabatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish, nizoli vaziyatlarda murosaga kelish hamda sogʻlom psixologik muhitni saqlash boʻyicha foydali tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari mazkur uchrashuvni yoshlarda oilaviy madaniyatni shakllantirish va masʼuliyat hissini kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida eʼtirof etdilar.
Seminar-treninglar fakultetlardan davom etadi.