Qoʻqon davlat universitetida “Maʼrifat darsi” o‘tkazildi
Bugun, 6-oktyabr kuni Qoʻqon davlat universiteti Gumanitar va tillar fakultetida talabalar uchun “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” mavzusida navbatdagi “Maʼrifat darsi” tashkil etildi.
Darsni fakultet oʻqituvchisi Munojatxon Oxunova olib bordi. Unda talabalar eʼtiboriga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar yetkazildi.
Tadbir davomida keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning xalq farovonligini taʼminlashdagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalarning bugungi murakkab global muhitda chuqur bilimga ega bo‘lishi, kasbiy mahoratini doimiy ravishda rivojlantirib borishi, voqea-hodisalarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishi, eng muhimi esa mamlakatimizda kechayotgan o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglab, ularga faol fuqarolik pozitsiyasidan baho bera olishi zarurligi alohida taʼkidlandi.
Mazkur “Maʼrifat darsi” talabalar dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik, masʼuliyat va faol fuqarolik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.