Mas’uliyatli ota-onalik – muhokama markazida
Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida oila va kasbiy ta’lim tizimida “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida “Ma’suliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B. Hasanova, shuningdek, universitet psixologlari N. Xo‘janazarova va N. Abdullayeva hamda talabalar ishtirok etdilar.
Seminar-trening davomida oilada farzand tarbiyasi, ota-onalik mas’uliyati, o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat muhitini mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar va psixologik tavsiyalar ham tashkil etildi.
Mazkur tadbir sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qildi.