Orqaga
Calendar icon

“QO‘QON DU” gandbolchilari O‘zbekiston chempionatida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 2–9-oktyabr kunlari Navoiy shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati 3-davra o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada erkaklar jamoalari orasida 10 ta jamoa ishtirok etib, ular A va B guruhlarga bo‘lingan holda bellashmoqda. A-guruhda “QO‘QON DU” (Farg‘ona viloyati), “OKMK” (Toshkent viloyati), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati hamda O‘zDJTSU jamoalari kuch sinashmoqda.

“QO‘QON DU” jamoasi dastlabki uchta uchrashuvda quyidagi natijalarni qayd etdi:

“QO‘QON DU” – “OKMK” 26:40

“QO‘QON DU” – O‘zDJTSU 25:20

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – “QO‘QON DU” 16:19

Mazkur natijalar jamoaning g‘alabaga intilishi, jipslik va mahorat bilan harakat qilayotganini ko‘rsatadi.

“QO‘QON DU” gandbolchilari chempionatning keyingi uchrashuvlarida ham yuqori natijalarga erishish uchun kurashni davom ettirishmoqda.