Orqaga
Calendar icon

“Aura”, “Huquqshunos” va “Miks” jamoalari reytingda peshqadam

Qo‘qon davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini oliygoh ligasi qizg‘in tarzda davom etmoqda. Ushbu loyihaning ikkinchi turi chinakam intellektual bellashuv ruhida o‘tdi.

 Musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan jami 15 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil harakat qilib, o‘yinda faol va yuqori saviyada ishtirok etdi.

 Hozirgi vaqtda umumiy reytingda “Aura”, “Huquqshunos” va “Miks” jamoalari peshqadamlikni saqlab turibdi.

 Oliygoh ligasining oldinda hali 9 ta turi bor bo‘lib, har bir bosqich natijalari jamlanib, umumiy ballar asosida yakuniy g‘oliblar aniqlanadi.