Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va internet xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari uchun Qo‘qon shahar IIB 1-son IIB boshlig‘i, mayor Abbos Rahimov tomonidan kiberjinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga “Giyohvandlik umr zavoli” hamda “Biz kiberjinoyatga qarshimiz” mavzularida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Muloqot jarayonida kiberjinoyatlarning xavfi, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, shuningdek, giyohvandlikning inson salomatligiga salbiy ta’siri, psixotrop moddalarning oqibatlari va asoratlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuv talabalar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, salbiy illatlardan ogohlikni oshirish va sog‘lom turmush tarziga da’vat etishga xizmat qildi.