Qo‘qon DU talabalari sun’iy intellekt bo‘yicha onlayn kurslarni o‘zlashtirishni boshladilar
Mamlakatimizda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini turli sohalarga joriy etish bo‘yicha Prezident Sh. Mirziyoyev rahbarligida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani — yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
“Bir million SI yetakchilari” tashabbusi doirasida ishga tushirilgan aistudy.uz va omp.aistudy.uz milliy ta’lim platformalari orqali sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslar taqdim etilmoqda. Ushbu dastur 2027-yilgacha 1 million yoshni SI ko‘nikmalari bilan qurollantirishni maqsad qilgan.
Qo‘qon DU talaba-yoshlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, sun’iy intellekt bo‘yicha onlayn kurslarda tahsil olishni boshladilar. Talabalar dastur orqali neyron tarmoqlar, raqamli texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.
Bu tashabbus Qo‘qon DU yoshlarini raqamli mutaxassislar sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.