InnoWeek-2025: innovator talabalarimiz e’tirof etildi
“InnoWeek–2025” innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida “Yosh innovatorlar forumi” hamda “Innovator” jurnali tomonidan tashkil etilgan “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda yoshlarning ijodkorlik va texnologik tafakkurini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish maqsad qilingan.
Taqdirlash marosimida Qo‘qon davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etishdi. Elektr mexanikasi yo‘nalishi talabasi Asadbek Akbarov ijtimoiy yo‘nalishda ishlab chiqilgan “Najot” loyihasi uchun, shuningdek Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Zulxumorxon Abdug‘aniyeva o‘zining “Xabarchi taglik” loyihasi uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq Qo‘qon DU talabalari orasida innovatsion tafakkur va texnologik salohiyat yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.