Shaxmat – jimlikdagi jang, tafakkur sinovi
Shaxmat — bu faqat oq va qora donalarning doskada harakatlanishi emas. Bu o‘yin — sukut ichidagi mantiq, jimlikdagi jang, fikr va strategiya uyg‘unligining eng go‘zal ifodasidir.
Qo‘qon davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, strategik fikrlash va diqqatni jamlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Shaxmat” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida talabalar o‘z aql zakovati, sabr-toqati va aniqligi bilan raqiblaridan ustun kelishga intildilar. Har bir yurish, har bir qaror ulardan diqqat, mantiq va strategik yondashuvni talab qildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — Behzod Meliboyev
2-o‘rin — Nurmuhammad Azimov
3-o‘rin — Sarvinoz Solijonova
Musobaqa nafaqat g‘oliblarni, balki o‘z ustida ishlash, fikrlash va intellektual yondashuvni qadrlovchi yoshlarni birlashtirdi.