Orqaga
Calendar icon

Dissertatsiyalar muhokamasi oʻtkaziladi

Qoʻqon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda 2025-yil 6-noyabr kuni soat 8:00 da filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Sultonova Gulbahor Murtazaxonovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Badiiy matnning kognitiv-pragmatik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.


Qo‘qon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda 2025-yil 7-noyabr kuni quyidagi dissertatsiyalar muhokamasi o‘tkaziladi:

Soat 9:00 da — tadqiqotchi Tuxtasinova Munira Ibragimovna tomonidan 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinflarning ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning pedagogik xususiyatlari” (PIRLS xalqaro baholash dasturi misolida) mavzusidagi dissertatsiya;

Soat 11:00 da — tadqiqotchi Umurzoqov Bexzod Buranovich tomonidan 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali shakllantirish mazmunini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya;

Soat 14:00 da — tadqiqotchi Alikulov Akmal Akramovich tomonidan 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Milliy harakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tadi.