Orqaga
Calendar icon

Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanloviga og‘zaki suhbatlar boshlandi


2025–2026 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Mirzo Ulug‘bek, Beruniy, I.Karimov va Navoiy nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash jarayonlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Qo‘qon davlat universitetida bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan 34 nafar iqtidorli talabgor “Yangi O‘zbekiston tarixi” fanidan dastlabki og‘zaki suhbat imtihonida ishtirok etdi.

Imtihon davomida talabalar mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy bosqichlari va bugungi davrning dolzarb jihatlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyon etdilar.

Eslatib o‘tamiz, tanlov doirasidagi navbatdagi og‘zaki suhbat imtihoni 12-iyun kuni “Chet tili” fanidan bo‘lib o‘tadi.