Orqaga
Calendar icon

O‘chmas siymo: Hamza Hakimzoda Niyoziy 137 yoshda


Qo‘qon adabiy muhiti har doim o‘zining zabardast vakillari bilan faxrlanib kelgan. Jadid adabiyotining yirik namoyandasi, dramaturg va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy ana shunday siymolardan biri. Bugun adib tavalludining 137 yilligi munosabati bilan uning xotira muzeyida ma’rifatparvar ijodkorga bo‘lgan yuksak ehtirom yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Tadbirda so‘z olganlar adibning nafaqat adabiyot, balki pedagogika va teatr san’atiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladilar. Xususan, Qo‘qon davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi M.Jamoliddinov Hamzaning murakkab hayot yo‘li va bizga qoldirgan boy ijodiy merosi haqida ma’ruza qildi.

Adibning otashin satrlari yoshlar tilida yangradi. Talabalar tomonidan ijro etilgan she’rlar va dildagi e’tiroflar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Bu kabi xotira kechalari ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash bilan birga, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hamza Hakimzoda Niyoziyning ma’rifat nuri esa asrlar osha o‘z nurini sochishda davom etaveradi.