Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon davlat universiteti kafedra mudiri Rustam Abdullayev nomiga nisbatan tarqatilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Mazkur xabarda keltirilgan holatlar bir tomonlama fikrlar asosida bayon etilgan boʻlib, undagi daʼvolar, xususan, “sirtqi boʻlimidan poralar bilan qoʻlga tushgan” degan iddao asossiz va boʻhton maʼlumot hisoblanadi. Universitet rahbariyati har qanday murojaat va eʼtirozlarni qonunchilik hamda belgilangan tartib asosida koʻrib chiqadi. Murojaatda keltirilgan holatlar boʻyicha aniq dalil va asosli murojaatlar mavjud boʻlsa, ularni belgilangan tartibda rasmiy ravishda taqdim etishlari mumkin.
Shuningdek, tasdiqlanmagan va yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.
Tasdiqlanmagan va bir tomonlama maʼlumotlarni tarqatish turli notoʻgʻri talqinlarga sabab boʻlishi mumkin.