Orqaga
Calendar icon

Talabalar turar joyida to‘garaklar faoliyati ko‘paytiriladi

Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani, professor Nigora Erkaboyeva talabalar turar joyida bo‘lib, talaba-qizlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalarning kundalik muammolarini tinglash, ularni faollikka undash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini yaratish edi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z taklif va muammolarini bevosita dekan bilan bo‘lishdi. Professor Erkaboyeva har bir masala yuzasidan fakultet rahbariyati tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yechimlarni tushuntirdi.

Talabalar murojaatlari asosida endilikda har kuni talabalar turar joyida turli to‘garaklar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirildi. Ushbu tashabbus talabalarga qo‘shimcha bilim olish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkonini beradi.

Professor Erkaboyeva uchrashuv yakunida, universitet va fakultet rahbariyati talabalarning murojaatlariga doimo alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi. Talabalar ham ochiq muloqot va o‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvning samimiy va konstruktiv ruhda o‘tishi, fakultet jamoasi va talaba-yoshlarga o‘zaro ishonch va yaqinlik hissini yanada kuchaytirdi. Endilikda yangi to‘garaklar va mashg‘ulotlar talabalar turar joyida kundalik hayotni yanada rang-barang va mazmunli qilishi kutilmoqda.