Orqaga
Calendar icon

Universitet ayol professor-o‘qituvchilari intellektual maydonda bellashdi

Qo‘qon davlat universitetida ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini yuqori saviyada va samimiy, qiziqarli ruhda bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirning asosiy maqsadi universitet jamoasining intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va jamoaviy hamjixatlikni mustahkamlashdan iborat edi.

 O‘yinni universitetning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Xusanov ochib, ishtirokchi jamoalarga muvaffaqiyat va omad tiladi. U o‘yinning nafaqat bilimni, balki bir-birini qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy ruhni oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

 Intellektual bellashuv davomida ayol professor-o‘qituvchilar turli mavzularda savollarga javob berib, tezkor qaror qabul qilish, mantiqiy tahlil qilish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. O‘yinda qatnashchilar nafaqat bilimlarini sinab ko‘rish, balki o‘zaro tajriba almashish va ijodiy yondashuvlarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldilar.

 Tadbir davomida musiqiy tanaffus ham tashkil etildi, bu esa samimiy muhit va iliq kayfiyatni yaratdi. Tanaffus paytida ishtirokchilar bir-birlari bilan suhbatlashib, dam olib, keyingi bosqichga yangi kuch bilan tayyorlanish imkonini topdilar. Shu lahzalar o‘yinga alohida zavq va iliqlik bag‘ishladi.

 Yakuniy natijalarga koʻra 1-oʻrin Gumanitar fanlar va tillar fakulteti jamoasiga, 2-oʻrin Xorijiy filologiya fakulteti jamoasiga, 3-oʻrin esa Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi aʼzolariga nasib etdi.

G‘olib jamoalar universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 Tadbir ishtirokchilari o‘yin davomida o‘zaro iliqlik, do‘stona raqobat va samimiy muloqotni his etishdi, bu esa “Zakovat Quiz”ni nafaqat bilim, balki ijodiy kuch beruvchi bir bayramga aylantirdi.