Orqaga
Calendar icon

“Jaholatga qarshi – ma’rifat”: yoshlar bilan ochiq muloqot


Qoʻqon davlat universitetida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, ayniqsa talaba-yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik va yurtga sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayni shu yoʻnalishda Pedagogika va psixologiya fakultetida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Birinchi prorektor Ahmadjon Xusanov, fakultet rahbariyati hamda talabalar ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda dinshunoslik fanlar boʻyicha falsafa doktori Farrux Kushbayev bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida gʻoyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avj olishiga zamin yaratayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda maʼnaviyat va maʼrifatga eʼtibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Prezidentimiz qayd etganidek: “Biz maʼnaviyat va maʼrifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, maʼnaviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi koʻradi. Vijdon, maʼnaviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir.

Tadbirda bugungi shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyati, yoshlarni diniy bagʻrikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirish va bunda Oʻzbekiston tajribasi, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlash yoʻlidagi saʼy-harakatlari qatnashchilarga yetkazildi.

Ayni paytda Oʻzbekistonning “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shioriga muvofiq ravishda islom dinining tinchlikparvarlik, bagʻrikenglik va maʼrifatparvarlik gʻoyalarini tarqatishga, shu tariqa mamlakat, mintaqa va dunyo miqyosida radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirish, bu illatlarni tag-tomiri bilan yoʻq qilishga oʻz hissasini qoʻshishi taʼkidlab oʻtildi.