Qo‘qon davlat universitetida ijodiy tanlovlar o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universitetida talabalar ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy media ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Eng yaxshi fotoalbom” va “Eng yaxshi blog” tanlovlari o‘tkazildi.
Mazkur tanlovlarda universitetning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari faol ishtirok etib, o‘z ijodiy ishlari orqali talabalik hayoti, taʼlim muhitidagi jarayonlar hamda turli mavzularni yoritib berdilar.
“Eng yaxshi fotoalbom” yo‘nalishida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ishlar mazmunan boy hamda ijodiy yondashuv asosida tayyorlangani bilan e’tiborni tortdi. Fotoalbomlarda talabalar hayotining turli lahzalari, ta’lim jarayoni va ijtimoiy faoliyat aks ettirildi.
Tanlov yakuniga koʻra, 1- oʻrin Aniq fanlar va muhandislik fakulteti talabasi Sobirjon Saburovga, 2-oʻrin Sanʼat va sport fakulteti talabasi Otabek Murodovga, 3-oʻrin Gumanitar fanlar va tillar fakulteti talabasi Kamola Qudratullayevaga nasib etdi.
“Eng yaxshi blog” tanlovida esa yoshlar o‘z fikr va qarashlarini zamonaviy uslubda ifodalab, blog yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ishtirokchilarning chiqishlari media savodxonlik, tahliliy fikrlash va ijodiy yondashuvning uyg‘unligini ko‘rsatdi.
Yakunda 1- oʻrinni Gumanitar fanlar va tillar fakulteti talabasi Oydinoy Xolmirzayeva, 2-oʻrinni Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Muhammadiso Hoshimov hamda 3-oʻrinni Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Nozima Davletova qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, gʻolib va sovrindorlar bazaviy stipendiyaning 3 barobarigacha moddiy rag‘batlantiriladi.
Ushbu tanlovlar talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni yangi g‘oyalar sari ruhlantirish hamda universitet hayotini keng yoritishda muhim ahamiyat kasb etdi.