Orqaga
Calendar icon

Özbek davlatçiligi tarixiga bağişlangan xalqaro konferensiya bölib ötdi


Qöqon davlat universitetida “Özbek davlatçiligining tarixiy taraqqiyoti” mavzusiga bağişlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi.

Maʼrifat va ilm-fan markazlaridan biri bölmiş Qöqon şahrida taşkil etilgan uşbu anjuman mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning yetakçi tarixçi olimlari, tadqiqotçilari va ilmiy jamoatçilik vakillarini bir platformaga jamladi.

Konferensiya işida mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Turkiya, Qirğiziston va Rossiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan taşrif buyurgan taniqli olimlar faol iştirok etdilar.

Xalqaro muloqot va tajriba almaşiş ruhida ötgan anjumanda turkiy xalqlar tariqati, umumiy tarixiy ildizlar hamda özbek davlatçiligining jahon sivilizatsiyasida tutgan örnini atrofliça örganişga alohida eʼtibor qaratildi.

Anjuman dasturiga köra, ilmiy munozaralar va maʼruzalar törtta asosiy şöba böyiça taşkil etildi.

Konferensiya yakunida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan özbek davlatçiligi tarixini yanada çuqur va xolis tadqiq etiş, manbalarni raqamlaştiriş hamda Turkiya, Qirğiziston, Rossiya ilmiy doiralari bilan birgalikda qöşma xalqaro loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan amaliy tavsiyalar işlab çiqildi. Uşbu anjuman nafaqat ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşga, balki tariximizning nomaʼlum sahifalarini yoritişga ham munosib hissa qöşdi.