Jahon ilm-fan kuniga bağişlangan intellektual bahslar ötkazildi
10-noyabr — Jahon ilm-fan kuni munosabati bilan Qöqon davlat universitetida haqiqiy intellektual bayram şukuhi kezdi. Bilimga çanqoq, şijoatli va izlanuvçan talabalarimiz yana bir bor özlarining ötkir zehni hamda mantiqiy salohiyatini sinovdan ötkaziş uçun töplandilar.
Axborot-resurs markazining zali bugun çinakamiga zakovat maydoniga aylandi. Qizğin va murosasiz kuraş ruhida ötgan bahslarda har bir jamoa ğalaba uçun oxirigaça kuraşdi. Savollar nafaqat darsliklardagi bilimni, balki dunyoqaraş, tezkorlik va mantiqiy topqirlikni talab etardi. Zaldagi har bir soniya nafaqat iştirokçilar, balki muxlislar uçun ham hayajonli lahzalarga boy böldi.
«Bir yoqadan boş çiqarib işlaş — muvaffaqiyat kaliti», deydi iştirokçilar. Haqiqatan ham, bu yerda şunçaki raqobat emas, balki jamoaviy birdamlik, döstona muhit va ilmga bölgan çeksiz muhabbat ustun keldi. Har bir töğri javob zaldagi olqişlar sadosiga ulanib ketdi.
Şiddatli va qiziqarli lahzalarga boy bölgan bilimlar bellaşuvi yakunida eng kuçli va zukko bilimdonlar munosib eʼtirof etildi. Ammo eng muhimi — bu yerda ilm ğalaba qozondi, yoşlarning ilm-fanga bölgan iştiyoqi yana bir karra yaqqol namoyon böldi.