Yoshlar o‘rtasida raqs va virtual futbol musobaqalari oʻtkazildi
Joriy yilning 29-iyul kuni Qo‘qon davlat universiteti Sport klubi va Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tomonidan Qo‘qon shahridagi mahalla yoshlari hamda universitet talabalari o‘rtasida kibersportning “FIFA 2025” va “Just Dance” yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi!
Musobaqani universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Husanov ochib berdi. Musobaqada shahar mahallalaridan va universitet fakultetlaridan 210dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
“FIFA 2025” bahslarida quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin – B. Jo‘rayev
2-o‘rin – A. Abdullayev
3-o‘rin – I. Aliyev
“Just Dance” raqs musobaqasida esa quyidagi iqtidor egalari yetakchi bo‘lishdi:
1-o‘rin – B. Abdullayeva va S. Raimova
2-o‘rin – K. Jalilova va D. Nazarova
3-o‘rin – A. Mahmudova va U. Qayumova
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, esdalik sovg‘alari va "Rektor kubogi" bilan taqdirlandilar.