Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12-avgust kuni o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12-avgust kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Imtihon dasturlari va baholash mezonlari

➡️60111200 — Jismoniy madaniyat

➡️60110600 — Musiqa ta’limi

➡️60211500 — Cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ)

➡️60211500 — Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (zarbli cholg‘ular)

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.