Fakultet haqida
Pedagogika fakulteti o‘z faoliyatini 1935-yildan “Maktabgacha tarbiya guruhi” sifatida boshlagan. O‘sha davrda fakultetning 1-kursiga 20 nafar talaba qabul qilingan bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona vodiysida yagona, respublikada esa ikkinchi ta’lim maskani hisoblangan.
Fakultet tarixida O. Muhammadjonov, Z.A. Kalonxo‘jayeva, B. Ibragimov, N. Yoqubov, M.M. Hoshimova, O‘. Toshtemirov, L. Zohidov, R. Hoshimov, S. To‘ychiyev, S. Obidjonova, N. Erkaboyeva, G‘. Najmiddinov kabi professor-o‘qituvchilarning hissasi katta bo‘lgan.
1998-yilda Pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi hamda pedagogika-psixologiya fakultetlari negizida kengaytirildi. 2005-yil sentyabr oyida musiqiy ta’lim yo‘nalishi ham fakultet tarkibiga qo‘shildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015-yil 28-fevraldagi 52-sonli buyrug‘iga muvofiq fakultet tarkibiy tuzilmasida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Natijada boshlang‘ich ta’lim metodikasi hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari alohida fakultetlarga ajratildi. 2015-yil mart oyida esa Mehnat ta’limi hamda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlari Pedagogika fakulteti tarkibiga qo‘shildi.
2019-yil oktabr oyidan boshlab Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Mehnat ta’limi yo‘nalishlari “San’at” fakulteti tarkibiga o‘tkazildi. Shu yilning o‘zida (12.10.2019, №800-U buyrug‘iga asosan) Pedagogika fakulteti negizida “Maktab menejmenti” ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi.
2019–2020 o‘quv yilidan boshlab fakultetda 5 ta bakalavriat yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, 2019-yilda “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi fakultet tasarrufiga o‘tkazildi.
Fakultetga 1998–2005-yillarda N. Erkaboyeva, 2005–2008-yillarda dotsent I.P. Po‘latov rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda fakultetga pedagogika fanlari doktori (PhD) N. Erkaboyeva rahbarlik qilmoqda.
2023–2024 o‘quv yilidan boshlab fakultetda ta’lim yo‘nalishlari yanada kengaytirildi. 2025/2026 o‘quv yilidan esa Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy ta’lim hamda Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kechki ta’lim shakli yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda fakultetda jami 11 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
kunduzgi ta’limda – 1587 nafar;
sirtqi ta’limda – 990 nafar;
kechki ta’limda – 54 nafar;
masofaviy ta’limda – 59 nafar talaba tahsil olmoqda.
Hozirgi kunda Pedagogika fakulteti tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:
Pedagogika
Amaliy psixologiya
Maxsus pedagogika
Maktabgacha ta’lim
Fakultetda ilmiy faoliyat ham izchil rivojlanib bormoqda. Professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirish bilan birga xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Yuksak sifatli ta'lim
Zamonaviy yondashuv
Ilmiy-tadqiqot
Innovatsion loyihalar
Amaliy yo'naltirish
Bilimni amaliyotga
Xalqaro hamkorlik
Global tajriba
Fakultet missiyasi
Pedagogika va psixologiya fakultetining missiyasi — zamonaviy pedagogik va psixologik bilimlar asosida yuqori malakali, ma’naviy yetuk, ijtimoiy faol va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim sifatini rivojlantirish hamda jamiyatning ta’lim va tarbiya sohasidagi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Ta'lim yo'nalishlari
Rahbariyat
Erkaboyeva Nigora Shermatovna
DekanBiografiya va ilmiy faoliyat
Alimova Yayra Xotamovna
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Mamadaliyev Abduvohid Maxsitaliyevich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Qabul jadvali
Fakultet rahbariyati har chorshanba kuni soat 14:00 - 16:00 oralig'ida qabul o'tkazadi.
Kafedralar
Yutuqlarimiz
Ta'lim yo'nalishlari
Talabalar hayoti
Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi.