Gumanitar fanlar va tillar fakulteti

Fakultet haqida

Fakultetda jami 108 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 47 nafari fan nomzodi hamda falsafa doktori (PhD), 5 nafari fan doktori hisoblanadi. Shuningdek, fakultet tarkibida 5 nafar professor va 49 nafar dotsent ilmiy daraja hamda ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Fakultetning umumiy ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.

Fakultetda jami 2836 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 2297 nafari kunduzgi, 491 nafari sirtqi hamda 48 nafari masofaviy ta’lim shaklida tahsil olmoqda.

Faculty Building

Yuksak sifatli ta'lim

Zamonaviy yondashuv

Ilmiy-tadqiqot

Innovatsion loyihalar

Amaliy yo'naltirish

Bilimni amaliyotga

Xalqaro hamkorlik

Global tajriba

Fakultet missiyasi

Gumanitar fanlar va tillar fakultetining missiyasi — milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, keng dunyoqarashga ega, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollangan, bir nechta tillarda erkin muloqot qila oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Fakultet ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini shakllantirish orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qiladi.

2836
Talabalar
5
Kafedralar
7
Ilmiy loyiha
10
Xalqaro hamkor

Ta'lim yo'nalishlari

Fakultetda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 60110800 — Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)
  • 60111100 — Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  • 60220300 — Tarix
  • 60220500 — Falsafa
  • 60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
  • 60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
  • 60110700 — O‘zbek tili va adabiyoti
  • 60111700 — O‘zga tilli guruhlarda rus tili

Rahbariyat

Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna

Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna

Dekan
+99890-556-55-81
dilnozajamolitdinova@gmail.com

Biografiya va ilmiy faoliyat

2025 yil 2 apreldan Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Dilnoza Mirxojidinovna 1980 yil 22 dekabrda Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti bakalavriatini, 2006 yilda esa magistraturasini tamomlagan. U o‘zbek tili mutaxassisi, filologiya fanlari doktori va professor. Rus va ingliz tillarini bilib, pedagogika sohasida katta tajribaga ega. Mehnat faoliyati: 1998–2002 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabaci 2003–2004 yy. — Farg‘ona shahri 1-sonli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi 2004–2006 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistranti 2007–2009 yy. — Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti 2009–2010 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi 2010–2012 yy. — kafedra katta o‘qituvchisi 2012–2013 yy. — kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi 2013–2017 yy. — kafedra mudiri 2017–2020 yy. — kafedra dotsenti (o‘rindoshlik asosida) 2020–2021 yy. — kafedra dotsenti 2021–2024 yy. — Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani 2024–2025 yy. — O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti dekani 2025 y.dan h.v. — QDU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Uning bilim va tajribasi fakultet faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Raxmatullayeva Dilafruz Shuxratovna

Raxmatullayeva Dilafruz Shuxratovna

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosari
+99891-200-40-13
dilafruzxonraxmatullayeva53@gmal.com

Biografiya va ilmiy faoliyat

Raxmatullayeva Dilafroʻzxon Shuxratovna 1972-yil 13-iyunda Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida tugʻilgan, millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. Oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, 1994-yilda Qoʻqon davlat pedagogika institutini kunduzgi ta’lim shaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — rus maktablarida oʻzbek tili oʻqituvchisi. Falsafa doktori (PhD), dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus tilini biladi. Mehnat faoliyatini 1989–1994-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida boshlagan. 1994–2000-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi bo‘lib ishlagan. 2000–2002-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-Akademik litseyda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2002–2003-yillarda mazkur litseyda oʻqituvchi sifatida ishlagan. 2003–2006-yillarda aspiranturada tahsil olgan. 2006–2015-yillarda Oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi, 2015–2016-yillarda Oʻzbek tili kafedrasida oʻqituvchi, 2016–2020-yillarda katta oʻqituvchi bo‘lib faoliyat yuritgan. 2020–2021-yillarda katta oʻqituvchi sifatida ishlagan. 2021–2024-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2022–2023-yillarda Oʻzbek tili kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi, 2023–2024-yillarda dotsent lavozimida ishlagan. 2025-yildan boshlab Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Raxmonov Elyor Abdullajonovich

Raxmonov Elyor Abdullajonovich

Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari
+998905651235
elyor.abdullajonovich@gmail.com

Biografiya va ilmiy faoliyat

Raxmonov Elyor Abdullajonovich 1984-yil 13-noyabrda Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani, Ultarma qishlog‘ida tavallud topgan. 2003-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishiga talabalikka qabul qilinib, 2007-yilda uni tamomlagan. 2008–2010-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi magistratura mutaxassisligini yakunlagan. 2010-yil 3-dekabrdan boshlab Qo‘qon davlat pedagogika instituti Umumiy tarix kafedrasiga assistent-o‘qituvchi lavozimiga qabul qilingan. 2010–2015-yillarda Umumiy tarix kafedrasi o‘qituvchisi, 2015–2019-yillarda Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, 2019–2025-yillarda Tarix kafedrasi o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2025-yil 2-apreldan 2025-yil 2-sentabrgacha Qo‘qon davlat universiteti Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2025-yil 2-sentabrdan hozirgi kunga qadar Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda “Farg‘ona vodiysida aholini ijtimoiy himoyalash jarayoni (1991–2020-yillar)” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilib, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Qabul jadvali

Fakultet rahbariyati har chorshanba kuni soat 14:00 - 16:00 oralig'ida qabul o'tkazadi.

Jadval

Kafedralar

01

Rus tili va adabiyoti kafedrasi

Mudir: Rasulova Matluba Hamzayevna
Batafsil
02

Falsafa va dinshunoslik kafedrasi

Mudir: Shamsiddinov Burxonjon Jakbarovich
Batafsil
03

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi

Mudir: Toʻxtasinova Odinaxon Yusupovna
Batafsil
04

Tarix kafedrasi

Mudir: Karimov Qahramon Sodiqovich
Batafsil
05

Milliy g’oya va huquq kafedrasi

Mudir: Oripov Elyorjon Shavkatovich
Batafsil

Yutuqlarimiz

2025–2026-o‘quv yilida Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti talabalari ta’lim, ilm-fan, ma’naviyat va sport yo‘nalishlarida qator yutuqlarga erishdilar. Talabalarning turli tanlov, stipendiya va ilmiy loyihalardagi muvaffaqiyatlari fakultetning ta’lim sifati hamda yoshlar salohiyatini rivojlantirish borasidagi samarali faoliyatidan dalolat beradi.


Jumladan, fakultetning 4 nafar talabasi Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibiga aylandi. “Ilhom” Respublika tanlovining universitet bosqichida fakultet vakillari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, 7 nafar talaba “Yil talabasi” tanlovi sovrindori bo‘ldi.


Talabalar ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda ham faol ishtirok etib, “Ma’rifat maydoni” tanlovining viloyat bosqichida 10 nafar talaba jamoasi 2-o‘rinni egalladi. “Milliy qadriyatlar” tanlovining viloyat bosqichida esa 10 nafar talaba 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Universitet miqyosida tashkil etilgan turli insholar tanlovlarida fakultetning 6 nafar talabasi 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Sport yo‘nalishida ham muhim natijalar qayd etildi. Xususan, fakultet talabasi Murodaliyev Javohir para yengil atletika bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida F-11 toifasida disk uloqtirish yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi.


Ilmiy faoliyat borasida ham sezilarli natijalarga erishilib, fakultet talabalarining 100 dan ortiq ilmiy maqolalari turli ilmiy jurnal va to‘plamlarda chop etildi.


Mazkur yutuqlar Gumanitar fanlar va tillar fakultetida yoshlarning bilim, tafakkur, ijodiy salohiyat va ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar samarasi ekanini namoyon etadi.

Ta'lim yo'nalishlari

Bakalavriat yo'nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Talabalar hayoti

Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi.