Aniq fanlar va muhandislik fakulteti

Fakultet haqida


Faculty Building

Yuksak sifatli ta'lim

Zamonaviy yondashuv

Ilmiy-tadqiqot

Innovatsion loyihalar

Amaliy yo'naltirish

Bilimni amaliyotga

Xalqaro hamkorlik

Global tajriba

Fakultet missiyasi

Aniq fanlar va muhandislik fakultetining missiyasi — zamonaviy ilm-fan, muhandislik va raqamli texnologiyalar asosida yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda jamiyat va sanoat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

1200+
Talabalar
5
Kafedralar
10+
Ilmiy loyiha
15+
Xalqaro hamkor

Ta'lim yo'nalishlari


Rahbariyat

Aroyev Dilshod Davronovich

Aroyev Dilshod Davronovich

Dekan
+99877-018-19-31
aroyev79@gmail.com

Biografiya va ilmiy faoliyat

2025-yil 2-apreldan Aroev Dilshod Davronovich Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. Aroev Dilshod Davronovich 1979-yil 23-avgustda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2005-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti bakalavriatini, 2007-yilda esa magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — matematika va informatika. U texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent unvoniga ega. Ingliz va rus tillarini biladi. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, saylanadigan organlar a’zosi emas. Mehnat faoliyatini 2001-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutida talaba sifatida boshlagan. 2005–2007-yillarda shu institutda magistratura bosqichida tahsil olgan. 2007–2013-yillarda Matematika-informatika kafedrasi o‘qituvchisi, 2013–2019-yillarda devonxona mudiri bo‘lib ishlagan. 2019–2020-yillarda Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2020–2021-yillarda Matematika-informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021–2025-yillar davomida Matematika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. 2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti dekani hisoblanadi.
Ibragimov Farxod Bazarbayevich

Ibragimov Farxod Bazarbayevich

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosari
+99891-141-36-33
farhodibragimov1234@gmail.com

Biografiya va ilmiy faoliyat

2025-yil 1-apreldan Ibragimov Farxod Bazarbaevich Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 1972-yil 23-iyulda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti oliy bo‘lib, 1994-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — rus tili va adabiyoti. U dotsent ilmiy unvoniga ega. Ingliz va rus tillarini biladi. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, saylanadigan organlar a’zosi emas. Mehnat faoliyatini 2009-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutida Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘limi boshlig‘i sifatida boshlagan. 2009–2024-yillar davomida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2024–2025-yillarda Amaliy fanlar fakultetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan. 2025-yildan hozirgi kunga qadar Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.
Exsonov Jasurbek Rustamovich

Exsonov Jasurbek Rustamovich

Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari
+99894-440-32-32
mr.exsonov@mail.ru

Biografiya va ilmiy faoliyat

Ehsonov Jasurbek Rustamovich 1990-yil 17-yanvarda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Oliy ma’lumotli bo‘lib, 2010-yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining bakalavriat bosqichini, 2021-yilda esa Biznes va boshqaruv oliy maktabi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Ingliz va rus tillarini biladi. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, saylanadigan organlar a’zosi emas. Mehnat faoliyatini 2010-yilda Qo‘qon temir yo‘l masofasi ishchi xodimi sifatida boshlagan. 2015–2018-yillarda mazkur tashkilotda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2018–2022-yillarda harakat tarkibi xavfsizligini ta’minlash bo‘limi yetakchi muhandisi, 2022–2025-yillarda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 2025-yil 2-apreldan boshlab Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Qabul jadvali

Fakultet rahbariyati har chorshanba kuni soat 14:00 - 16:00 oralig'ida qabul o'tkazadi.

Jadval

Kafedralar

01

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kafedrasi

Mudir: Abdullayev Alibek Qodiraliyevich
Batafsil
02

Muhandislik texnologiyalari kafedrasi

Mudir: Siddiqov Rasuljon Uktamovich
Batafsil
03

Matematika kafedrasi

Mudir: Otaboyev Muxsinjon Muqimjonovich
Batafsil
04

Kimyo muhandisligi kafedrasi

Mudir: Otakuziyeva Vazira Usmonjonovna
Batafsil
05

Elektr texnologiyalari kafedrasi

Mudir: Usmonov Inomjon Isroilovich
Batafsil

Yutuqlarimiz

Kiritilmagan

Ta'lim yo'nalishlari

Bakalavriat yo'nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Talabalar hayoti

Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi.