Back
Calendar icon

Tilshunoslikda xalqaro tajriba almashinuvi davom etmoqda

Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti doktori (PhD) Sultanbek Qutlugjon tomonidan ma’ruza mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tilshunoslik sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda ikki qardosh mamlakat olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sultanbek Qutlugjon joriy hafta yakuniga qadar “Tilshunoslik asoslari”, “O‘qituvchi nutq madaniyati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” va “O‘zbek tili stilistikasi” fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi.

Shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Xalqaro tan olingan ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiruvchi ilmiy jurnalda maqola chop etishning muammo va yechimlari” mavzusida ilmiy seminar ham o‘tkazildi.