Orqaga
Calendar icon

“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti talabalari o‘rtasida ijodiy va ilmiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida tashkil etilib, unda jami 47 nafar talabalar faol ishtirok etdi.

Tanlovning asosiy maqsadi talabalarda milliy tarix va madaniyatga qiziqish uyg‘otish, mustaqillik g‘oyalari va davlatchilik konsepsiyasini chuqurroq anglash, shuningdek, yoshlarni mustaqil fikrlash va ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga undashdan iborat edi.

Tanlov jarayonida talabalar o‘z insholarida jadidlar harakatining maqsad va vazifalarini, milliy o‘zlikni saqlash va mustaqillikni qo‘lga kiritishdagi hissasini batafsil yoritdilar. Har bir ishtirokchi mavzuga o‘z talqinini olib kirib, tarixiy manbalar, misollar va shaxsiy fikrlar orqali salohiyatini namoyon etdi.

Tadbir davomida fakultet professor-o‘qituvchilari va mutaxassislar ishtirokchilarning ishlanmalarini e’tibordan chetda qoldirmay, har bir inshoni tahlil qilib, muhim ilmiy va ma’naviy jihatlarni alohida ta’kidlashdi. Shu bilan birga, yoshlarning mustaqil fikrlash qobiliyati, ijodiy yondashuvi va argumentatsiya ko‘nikmalari baholandi.

Tanlov yakunida eng munosib ishlanmalarga ega bo‘lgan talabalar quyidagi tartibda taqdirlandilar:

  • 1-o‘rin – To‘lqinova Xusnida
  • 2-o‘rin – Omonova Fazilatxon
  • 3-o‘rin – Toshpo‘latova Sevinchxon

Shuningdek, ishtirokchilar barcha ishlanmalardan foydali tajriba olganliklarini, o‘z bilimlarini boyitganliklarini ta’kidlashdi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlar ongida milliy o‘zlik va mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqurroq anglash, ularni ilmiy izlanishlarga, tarixiy va ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga yo‘naltirishga xizmat qilgan muhim ma’rifiy uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

Talabalar va professor-o‘qituvchilar bunday tanlovlarning muntazam tashkil etilishi yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish, milliy va tarixiy bilimlarni rivojlantirishda muhim omil ekanligini alohida ta’kidlashdi.