Orqaga
Calendar icon

Ilmiy seminar o‘tkaziladi

2026-yil 26-mart kuni soat 15:00 da Aniq fanlar va muhandislik fakulteti binosining 205-xonasida “Matematikaning zamonaviy muammolari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.

Seminar rahbarlari: PhD, dotsent D. Aroyev hamda PhD, dotsent X. Turakulov.

Seminarda Matematika kafedrasi o‘qituvchisi Turdaliyev Sodiqjon Mo‘minjonovich “Bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusida ma’ruza qiladi.

Seminar davomida mavzuning dolzarbligi, ilmiy va uslubiy yangiligi, tadqiqotda qo‘llanilgan usullar, foydalanilgan adabiyotlar hamda mavzu bo‘yicha chop etilgan ishlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)” yo‘nalishi 2-kurs magistranti Shohsanam Hasanova ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.