Ilmiy seminar o‘tkaziladi
Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakultetida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
📆 2026-yil 3-aprel
🕒 Soat 15:00
📍 205-xona
Seminar mavzusi:
“Matematikaning zamonaviy muammolari”
Seminar doirasida Matematika kafedrasi dotsenti, PhD Rasulova Gulnozaxon Azamovna “Analitik geometriya darslarida multimediali ilovalardan foydalanish metodikasi” mavzusida ma’ruza qiladi.
Seminar rahbarlari:
— PhD, dotsent D. Aroyev
— PhD, dotsent X. Turakulov
Seminarda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
- mavzuning dolzarbligi;
- ilmiy va uslubiy yangiliklar (avvalgi ishlardan farqi);
- natijaga erishishda qo‘llanilgan asosiy usullar;
- foydalanilgan adabiyotlar;
- mavzu bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar.
Shuningdek, seminarda Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) yo‘nalishi 2-bosqich magistranti Meliboyeva Yulduzxon Erkin qizining ma’ruzasi ham tinglanadi.
Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, magistrantlar va talabalarni seminarga taklif etamiz!