“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universitetida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, joriy yilning 5-aprel kuni Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i boshchiligida 5 qavatli o‘quv binosi hovlisida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida hududga 6 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, ularni parvarishlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Tadbirda ishtirok etgan xodimlar va talabalar atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish borasida faol ishtirok etdilar.
Mazkur tashabbus oliy ta’lim muassasasi hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yoshlar qalbida tabiatga mehr va e’tibor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.