Orqaga
Calendar icon

Xalqaro ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universitetida “Language and Career” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi doirasida onlayn va video ma’ruzalar seksiyasi yuqori tashkiliy darajada tashkil etildi. Mazkur ilmiy anjuman turli oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ilmiy tajriba almashish, xorijiy tillarning kasbiy faoliyatdagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tahlil qilish hamda zamonaviy ilmiy qarashlarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Konferensiyada Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Tadbirda ilmiy ishlar sifatini baholash va ilmiy munozaralarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati faoliyat yuritdi.

Xususan, hakamlar hay’ati tarkibida quyidagi yetuk olimlar faol ishtirok etdilar:

— Fominyx Nataliya Yuryevna, pedagogika fanlari doktori, professor (G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti);

— Yo‘ldoshev O‘tkir Jumakuzievich, Qo‘qon davlat universiteti pedagogika kafedrasi dotsenti;

— Xolmatova Ziroat Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Qo‘qon davlat universiteti pedagogika kafedrasi mudiri.

Hakamlar hay’ati va tashkiliy qo‘mita a’zolari tarkibida iqtisodiyot hamda filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassislar ishtirok etib, taqdim etilgan ilmiy ishlarni xolisona va adolatli baholadilar. Bu esa konferensiyaning ilmiy saviyasini yanada oshirishga xizmat qildi.

Mazkur konferensiyada Qo‘qon davlat universitetining bir qator iqtidorli magistrantlari ham o‘z ilmiy ishlari bilan faol ishtirok etdilar. Jumladan, Otaboyeva Dilafruz Nusratullayevna, Karimova Shahnoza Ulug‘bek qizi, Tillaxo‘jayev Azizxon Orifxon o‘g‘li hamda Qosimov Abdulaziz Obidjon o‘g‘li o‘zlarining dolzarb ilmiy izlanishlari bilan konferensiya ishtirokchilari e’tiborini qozondilar.

Shuningdek, Nijniy Novgorod davlat texnika universiteti hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti talabalari ham o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ularning ishtiroki ilmiy aloqalarni kengaytirish va tajriba almashish imkoniyatini yanada boyitdi.

Umuman olganda, mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘rganishning kasbiy ahamiyatini yoritish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.